Hasharotlar yer yuzida taxminan 480 million yil oldin paydo bo’lgan va ular nafaqat dinozavrlar va bir qancha  tabiiy ofatlardan ham omon qolgan. Bugungi kunda 1 millionga yaqin hasharotlar turlari fanga ma’lum. Hozirgi vaqtda Zoologiya institutida turlar va hajmi jihatidan eng katta kolleksiya Entomologiya kolleksiyasi hisoblanadi. Entomologiya kolleksiyasini qayta ro’yxatga olish natijasida 3903 ta tur va 29242 ta namuna qayd etildi.

Entomologiya kolleksiyasiga dunyoning turli xil mamlakatlaridan kolleksiya to’plamlari keltirilgan, Xususan, AQShning Michigan shtatidan, Germaniya, Fransiya, Italiya, Belgiya, Ukraina, Rossiya, Avstriya, Vengriya va Osiyoning bir qancha mamlakatlaridan namunalar keltirilgan. Entomologiya kolleksiyasining yoshi deyarli bir yarim asrga teng.

IMG_9675IMG_9674IMG_9703IMG_9704photo_2020-11-17_13-42-24 (2)1 photo_2020-11-17_13-42-231photo_2020-11-17_13-42-241 photo_2020-11-17_13-42-251

Поделиться ссылкой: