Laboratoriya yo‘nalishlari quyidagilardan iborat

  • Parazit nematodalarning yangi, polimorf va xo‘jalik ahamiyatga ega bo‘lgan turlarining morfologik va molekulyar identifikatsiya qilish asosida taksonomiyasi va filogeniyasini aniqlashtirish;
    Kavsh qaytaruvchi hayvonlar nematodalari va ularning oraliq xo‘jayinlari (quruqlik mollyuskalar, yomg‘ir chuvalchanglar, ikki qanotli hashoratlar) tur tarkibi, morfologiyasi, biologiyasini o‘rganish va bu nematodalarning hayvonlarni zararlash darajasini o‘rganish;
    • Metastrongylidae, Dictyocaulidae, Protostrongylidae, Trichostrongylidae oilasi mansub nematoda turlarining molekulyar-genetik identifikatsiyasi, kasallik diagnostikasi va tuyoqli hayvonlar nematodozlarini oldini olish tadbirlarini ishlab chiqish;
    PSR texnologiyasi asosida parazit kasalliklarini ekspress diagnostikasini o‘tkazish, ularni mukammallashtirish; turga xos yangi molekulyar markerlarni yaratish; rDNK nukleotid ketma-ketliklarini halqaro Genbankga kiritish;
    Peptid bog‘lamga ega bo‘lgan oqsillarni ajratib olish, ular asosida biopreparatlar yaratish va qishloq xo‘jaligi hayvonlari turli xil kasalliklarini davolashda keng foydalanish

Dunyo miqyosidagi laboratoriya yutuqlari

Laboratoriyada o‘tkazilgan klassik morfologiya va molekulyar taksonomiya usullari yordamida Protostrongylidae oilasiga mansub Protostrongylus rufescens, P.hobmaieri, Protostrongylus sp., Spiculocaulus leuckarti va Cystocaulus ocreatus endemik turlarining ribosomal DNK ITS-2 sohasi ilk bor o‘rganildi va halqaro genbank (NCBI) bazasiga joylashtirildi. Shu guruhga taaluqli bo‘lgan genbankda mavjud bo‘lgan 18ta tur nematodalarning molekulyar filogeniyasi o‘rganildi va ma’lumotlari nufuzli jurnallarda chop etildi (Kuchboev et al., 2015, Kuchboev et al., 2017). (Rasm. ITS-2 nukleotidlari asosida Protostrongylidae oilasi turlarining filogenetik
shajarasi).
Undan tashqari qo‘y va qora mollarda parazitlik qiluvchi va shu vaqtgacha olimlar o‘rtasida keskin munozaraga baxsga sababchi bo‘lgan gemonx va ostertagia nematodalarining ikkita baxsli turlari ustida molekulyar-genetik tadqiqot o‘tkazildi. Bu usul yordamida gemonx va ostertagia turlarning risbosomal DNKsining ITS sohasi o‘rganildi va tahlil qilindi. Natijada ikkita gemonx turlari (H.contortus va H.placei) alohida- alohida tur ekanligini, ostertagia turlari (O.ostertagi va O.lyrata) esa mustaqil turlar ekanligini tasdiqlash imkonini berdi (Kuchboyev i dr., 2012, Abramatov et al., 2013, Amirov va Kuchboyev, 2015). Olingan nukleotidlar ketma-ketligi Genbank bazasiga joylashtirildi (NCBI).
Aniqlangan nematodalar ichidan 8ta turi halqaro Genbank (NCBI) bazasiga joylashtirildi va u uchun yangi hisoblandi (Kuchboev et al., 2015).
Mayda shoxli uy hayvonlari ostertagiinozlariga (ostertagioz, marshallagioz, teladorsagioz va boshq.) qarshi mahalliy medapek preparati dala ishlab chiqarish sinovlaridan o‘tkazildi va ularni yuqori samara berganligi aniqlandi.
Nematoda to‘qimasidan xromasoma DNKsi ajratib olish usuli bo‘yicha uslubiy tavsiyanoma chop etildi. Hayvonlar asosiy nematodozlariga qarshi chora tadbirlari bo‘yicha amaliy tavsiyanomalar ishlab chiqildi.
Protostrongilid nematodalari uchun turga xos bo‘lgan praymerlar yaratildi va ixtiro Patentlandi.

scheme

Laboratoriya xodimlari

sotrudnik1

Kuchboyev Abduraxim Ergashevich

Lab. mudiri, loyiha rahbari, b.f.d.

Qisqacha ilmiy yo‘nalishi

Parazit nematodalar, quruqlik mollyuskalar faunasi, morfologiyasi, ekologiyasi, taksonomiyasi va molekulyar biologiyasi, genosistematikasi

a_kuchboev@rambler.ru

sotrudnik2

Kaxorov Boltaboy Abdug‘aforovich

Katta ilmiy xodim, b.f.n.

Qisqacha ilmiy yo‘nalishi

Immunodiagnostika, immunomodulyatsiya, xayvonlarda parazitlar keltirib chiqaradigan kasalliklar va ularni immundavolash usullari.

qaxorov@mail.ru

sotrudnik3

Amirov Oybek Olimjonovich

Kichik ilmiy xodim, b.f.n.

Qisqacha ilmiy yo‘nalishi

Kavsh qaytaruvchilar ovqat hazm qilish tizimi nematodalari biologiyasi, morfologiyasi va molekulyar taksonomiyasi va sistematikasi

amirovoybek@rambler.ru

sotrudnik4

Saidova Dilfuza Erkin qizi

Kichik ilmiy xodim

Qisqacha ilmiy yo‘nalishi

Kavsh qaytaruvchilar parazit nematodalari biologiyasi, morfologiyasi va ekologiyasi

dilfuza_saidova92@mail.ru

Respublika va xorijiy grantlar raqami va nomi

  • 2012-2014 yy. mo‘ljallangan «Tuyoqli hayvonlar nematodozlari sonini nazorat qilish va molekulyar-genetik diagnostika usullarini ishlab chiqish» mavzusidagi A9-FA-0-53289 amaliy loyihasi.
  • 2015-2017 yy. mo‘ljallangan FA-A8-T004 “Kavsh qaytaruvchi hayvonlar ovqat hazm qilish tizimi nematodalari polimorf turlarining molekulyar identifikatsiyasi va qo‘zg‘atuvchisining sonini nazorat qilish” amaliy loyihasi.

Monografiya, o‘quv qo‘llanma va darsliklar, tavsiyanomalar

Позилов А., Кучбоев А.Э. Ўзбекистонда уй ва ёввойи ҳайвонлар гельминтларининг оралиқ хўжайини – қуруқлик моллюскалар (аниқлагич – атлас). Тошкент, 2017. 75 б.
biomon2
biomon3
biomon4
  1. Pozilov A., Kuchboyev A.E. O‘zbekistonda uy va yovvoyi hayvonlar gelmintlarining oraliq xo‘jayini – quruqlik mollyuskalar (aniqlagich – atlas). Toshkent, 2017. 75 b.
  2. Kuchboyev A.E., Shakarboyev E.B., Amirov O.O., Karimova R.R. Kavsh qaytaruvchilar hazm qilish organlarining asosiy nematodozlari, diagnostikasi va ularga qarshi kurash chora-tadbirlari (tavsiyanoma).
    Toshkent, 2016. 43 b.
  3. Kuchboyev A.E., Karimova R.R., Pazilov A., Egamberdiyev M.X., Ruziyev B.X. Quruqlik mollyuskalari ishtirokida rivojlanadigan gelmintozlar va ularning oldini olish chora-tadbirlari. Tavsiyanoma. Toshkent, 2017. 40 b.
  4. Patent, mualliflik guvohnomalari. Kuchboyev A.E., Amirov O.O., Karimova R.R. Polimeraza zanjirli reaksiya (PSR) usuli yordamida hayvonlar protostrongilyozi qo‘zg‘atuvchisining turli rivojlanish bosqichlarida differensial DNK-diagnostika qilish
    Patent na izobreteniye. № IAP 05381/ 02.03. 2017.

Impakt faktorga ega jurnallarda chiqqan maqolalar

  1. Kuchboev A.E., Krücken J., Karimova R.R., Ruziev B.H., PazilovА. Infection levels of protostrongylid nematodes in definitive caprine and intermediate gastropod hosts from Uzbekistan //Journal of Helminthology, 2017. 91 (2). – 235-243 (IF-1.63).
  2. Кучбоев А.Э., Каримова Р.Р., Пазилов А., Рузиев Б.Х., Amirov O.O. Наземные моллюски Узбекистана – промежуточные хозяева протостронгилид (Nematoda: Protostrongylidae)// Российский паразитологический журнал. – М., 2017. – Т.39. – Вып. 1 . – С. 48-54 (ИФ-0,1).
  3. Амиров О. О., Каримова Р. Р., Шакарбоев Э. Б., Кучбоев А. Э., Кузнецов Д. Н. Нематоды пищеварительной системы домашних жвачных Узбекистана // Российский паразитологический журнал. – М., 2016. – Т.38. – Вып. 4 . – С.439-446 (ИФ-0,1).
  4. Kuchboev, A. E., Amirov, O.O., Karimova, R. R. and Asakawa, M. Nematodes in the digestive tract of domestic ruminants in Uzbekistan // J. Vet. Parasitol. – 2016. 15. – P.124-129 (IF-0.4).
  5. Кучбоев А.Э., Амиров О.О., Шакарбоев Э.Б., Каримова Р.Р., Голованов В.И., Абраматов М.Б., Кузнецов Д.Н. Эпизоотология парабронемоза домашних жвачных Узбекистана//Журнал ВЕТЕРИНАРИЯ. Москва, 2016,-№4. -С.28-31 (ИФ-0,4).
  6. Азимов Д.А., Сапаров К.А., Акрамова Ф.Д., Кучбoев А.Э., Гаипова М.Э., Голованов В.И., Шакарбаев У.А. Нематоды рода Setaria Viborg, 1795 (Filariina: Setaridae) – паразитов животных Узбекистана: морфологические и молекулярные подходы к их дифференциации. Российский паразитологический журнал. – Москва, 2015. – № 4. – С. 10-16 (ИФ- 0,1).
  7. Kuchboev A.E., Krucken J., Ruziev B.H., von Samson-Himmelstjerna G. Molecular phylogeny and diagnosis of species of the family Protostrongylidae from caprine hosts in Uzbekistan// Parasitology Research 2015, 114 (4): 1355-1364 (IF-2.1).
  8. Кучбоев А.Э., Каримова Р.Р., Рузиев Б.Х., Салахутдинов И.Б., Эгамбердиев Ш.Ш. Морфологическая и молекулярная характеристика некоторых видов нематод семейства Protostrongylidae Leiper, 1926// Российский паразитологический журнал, 2015. – № 3. – С. 7-14 (ИФ-0,1).
  9. Abramatov M.B., Amirov O.O., Kuchboev A.E., Khalilov I.M., Abdurakhmanov I.Y. Morphological and molecular characterization of species Haemonchus contortus and placei (Nematoda: Trichostrongylidae) from Uzbekistan by sequences of the second internal transcribed spacer of ribosomal DNA// Scientia Parasitologica, 2013, 14 (3): 115-120 (ИФ-0,1)..
  10. Saparov K., Akramova F., Azimov D., Golovanov V., Kuchboev A. Biodiversity of filariae (Nematoda: Filariata), parasites of birds in Uzbekistan// Turkish Journal of Zoology, 2013 (37): 746-752 (IF- 0,6).
  11. Kuchboev A.E., Karimova R.R., Ruziev Kh., Azimov D.A. Ecological aspects of nematodes of the family Protostrongylidae, parasites of Bovidae // Scientia Parasitologica, 2012. 13(1): 17-25.
  12. Kuchboev A.E., Hoberg E.P. Morphological and ultrastructural changes in tissues of intermediate and definitive hosts infected by Protostrongylidae // Turkish Journal of Zoology, Ankara, 2011, 35 (1). P.1-7 (IF- 0,6).

Laboratoriyaning istiqbol yo‘nalishlari

Laboratoriya xodimlari turli guruh hayvonlar parazit gelmintlari va ularning oraliq xo‘jayini quruqlik mollyuskalarining turlar tarkibi, molekulyar taksonomiyasi, filogeniyasi va sistematikasini o‘rganish muammolari bilan shug‘ullanmoqda.

Bioinformatik tahlil qilingan ribosoma va mitoxondrial DNK nukleotidlar ketma-ketliklari asosida keng tarqalgan oshqozon ichak va o‘pka nematodalarini tezkor aniqlash maqsadida turlarga xos bo‘lgan alel praymerlar yaratilmoqda. Bu kelajakda veterinariya amaliyotida parazit nematodalarning molekulyar diagnostikasi uchun PZR tizimida foydalanish mumkin bo‘ladi.

Undan tashqari peptid bog‘lamga ega bo‘lgan oqsillarni ajratib olish, ular asosida biopreparatlar yaratish va bu preparatlarni qishloq xo‘jaligi hayvonlari turli xil kasalliklarini davolashda keng foydalanish mumkin.

Laboratoriyada bitta fan doktori, ikkita fan nomzodi va bitta kichik ilmiy xodim faoliyat yuritadi va uchta amaliyot xonalari: molekulyar biologiya, laminar boks va avtoklaf xonalarida ilmiy-tadqiqot ishlari olib boriladi.

Laboratoriya ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish uchun kerak bo‘lgan barcha zamonaviy asbob-uskunalar va jihozlar bilan ta’minlangan.