Laboratoriya tarkibi va tadqiqotlar yo‘nalishi

Shernazarov Elmurad Shernazarovich
loyiha rahbari, yetakchi ilmiy xodim, b.f.d., professor

Qushlar faunasi, ekologiyasi, biologiyasi, migratsiyasi, muhofazasini va barqaror foydalanishni o‘rganish. Antropogen o‘zgarishlarni umurtqali hayvonlarga ta’sirini baholash.

Azimov Nodirjon Nurilloyevich
Lab. mudiri, v.v.b. kichik ilmiy xodim

Ornitofauna, noyob turlarni o‘rganish, antropogen ta’sirlarni baholash, qushlarni muhofaza qilish va barqaror foydalanish.
O‘zbekiston madaniy landshaftlari ornitofaunasining ekologiyasi, ahamiyati va muhofazasini o‘rganish.

Ornitologiya laboratoriyasi Respublika mintaqasida uchrovchi qushlarning biologiyasi, ekologiyasi, etologiyasi, inson mehnat faoliyati mahsuliga ahamiyati, turlar va ularni yashash joylariga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, barqaror foydalanish hamda ularni saqlab qolishga doir muammolarni o‘rganish bilan shug‘ullandi.
Tabiiy va madaniy landshaftlar ornitofaunasi turlar tarkibi, mavsumiy dinamikasi, biotoplarda taqsimlanishi o‘rganiladi. Qushlarni qishloq-xo‘jaligida yetishtirilayotgan madaniy o‘simliklar va ularning hosiliga ta’siri hamda ahamiyati tadqiq etiladi. Ko‘p sonli turlar sonini boshqarishning amaliy choralarini izlash bilan bir qatorda kam sonli, noyob, halqaro ahamiyatga ega turlarni saqlab qolish bo‘yicha ilmiy tadqiqodlar olib boriladi.

Dunyo miqyosidagi laboratoriya yutuqlari

• Akustik reppelent vositalarini qo‘llash orqali, agrolandshaft madaniy o‘simliklari mevasi va hosiliga mayna Acridotheres tristis zararini minimal darajada kamaytirish choralari asoslab berilgan.
• Respublika ornitofaunasi tarkibidagi iqtisodiy ahamiyatga molik qush turlaridan barqaror foydalanish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash maqsadida turli tabiiy biotoplarda tarqalgan qushlarning zamonaviy holati o‘rganilgan.
• Fauna tarkibidagi noyob va yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi qush turlari va ularni saqlashni optimallashtirish hamda ularga ta’sir etuvchi salbiy omillarlarni baholash orqali turlardan barqaror foydalanish yo‘llari ishlab chiqilgan.
• Laboratoriya xodimlari tomonida suv-botqoq qushlarini halqaro muhofaza etish maqsadida respublikadagi belgilangan “Ramsar” hududlarida ornitologik monitoring va tadqiqot ishlari olib borilgan. Olingan ilmiy natijalar asosida halqaro darajada muhofaza ostiga olingan noyob, kam sonda uchrovchi turlarni holati o‘rganilgan holda qushlar va ularni yashash joylarida mavjud salbiy ta’sirlarni kamaytirishga doir amaliy tavsiyalar ishlab chiqish orqali ayrim turlar soni kamayishining oldi olishga erishilgan.
• Halqaro qizil ro‘yxatga kiritilgan qushlar yashash tarzi va ularning bugungi holati o‘rganilib milliy “Qizil kitobi”ga kiritilgan.
• Ushbu kunda olimlarimiz tomonidan dala tadqiqodlari jarayonida yig‘ilgan, ko‘p yillik ornitologik ekspeditsiya materiallari asosida shakllangan 18 turkum 53 oilaga mansub 328 tur qushning 5514 ekzimpilyarli kolleksiya fondi mavjud.

  • 2006-2008 yy. A-11-025 “O‘zbekistonda maynaning (Acridotheres tristis) keltiradigan zararidan mevali va rezavor o‘simliklar hosilini himoya qilishning biologik asoslari”
  • 2009-2011yy. FA-A7-TO03 “Iqtisodiy ahamiyatga molik O‘zbekiston umurtqali hayvonlar turlaridan barqaror foydalanish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash uchun ularning hozirgi holatini baholash”
  • 2012-2014 yy. A7-FA-0-54355 “O‘zbekiston noyob va yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi umurtqali hayvonlar turlari va ularni saqlashning optimallashtirish yo‘llari”
  • 2015-2016 yy. FA-A7-T009 “O‘zbekistonning hozirgi sharoitida umurtqali hayvonlarni saqlash va barqaror foydalanish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish maqsadida ularga ta’sir etuvchi salbiy ta’sirlarni baholash”

Impakt faktorga ega jurnallarda chiqqan maqolalar (2012-2017 yillar) ro‘yxati

  1. Paul F. Donald, Nodirjon N. Azimov, Elizabeth Ball, Rhys E. Green, Johannes Kamp, Shirin Karryeva, Roman Kashkarov, Aman Kurbanov, Eldar Rustamov, Jumamurad Saparmuradov, Robert Sheldon, Valentin Soldatov, Anna Ten, Reg Thorpe, Mark Underhill, Ruslan Urazaliyev & Atamyrat Veyisov. Discovery of a globally important migration staging site for Sociable Lapwings Vanellus gregarius in Turkmenistan and Uzbekistan // Journal Sandgrouse, United Kingdom. 2016. – Р 82-95.
  2. Jumayev F.Q., Shernazarov E.Sh. The number of the scaled reptiles (Squamata) in the fixed sands of Karnabchul (southwestern Kyzylkum, Uzbekistan) in spring // The Way of Science, 2017. – № 2 (36). – Pp. 39-41. (Global Impact factor, IF – 0,543).
  3. Дональд П.Ф., Азимов Н., Балл Э., Грин Р.Э., Камп Й., Карриева Ш., Кашкаров Р.Д., Курбанов А., Рустамов Э.А., Сапармуродов Ж., Шелдон Р., Солдатов В., Тен А., Торп Р., Андерхилл М., Уразалиев Р., Вейисов А. Глобально значимое место остоновки кречётки Vanellus gregarious на миграции в Туркменистане и Узбекистане. Орнитологический вестник Казахстана и Средней Азии Выпуск 4. – Алматы. 2017. С. 213-225.
  4. Азимов Н., Янков П., Кашкаров Р., Кошкин М., Рустамов Э.А., Солдатов В., Тен А., Вейисов А. Изучение кречётки Vanellus gregarious в 2016 г. на восточном миграционном пути (ЮВ Туркменистане и ЮВ Узбекистане). Орнитологический вестник Казахстана и Средней Азии Выпуск 4. – Алматы. 2017. С. 226-237.

Monografiya, o‘quv qo‘llanma va darsliklar, tavsiyanomalar (2012-2017 yillar) (Monografiyalar, darsliklar (oblojkasi) albatta rasmlari bilan)

Ўқув қўлланмалар:

  1. Shernazarov E., Jumanov M. O’zbekiston suvda suvda hamda quruqlikda yashovchilar. Urganch, 2015. 76 s.
  2. Е.И. Ильяшенко томонидан тайёрланган Оқ турна номли қўлланма 2016 йилда Лановенко Е.Н., Шерназаров Э.Ш. томонидан ўзбек тилига таржима қилиниб матни адаптациялаштирилган ҳолда чоп этилди.

Тавсияномалар:

  1. Лановенко Е.Н., Шерназаров Э.Ш., Филатов А.К. Кудрявый пеликан. Планы действий по сохранению глобально угрожаемых видов птиц в Узбекистане. Ташкент, 2014. 36 с.
  2. Лановенко Е.Н., Филатова Е.А. Методические рекомендации по проведению орнитологического мониторинга на водоемах южного Узбекистана. Ташкент, 2017. 23 с.
  3. Лановенко Е.Н., Тожибаев К.Ш., Митропольская Ю.О., Мирзаев У.Т. Рекомендации по проведению мониторинга растительного и животного мира при осуществлении проектов по строительству и эксплуатации линейных объектов в горных районах Узбекистана. (на примере электрифицированной железнодорожной линии Ангрен-Пап). Ташкент, 2017. 35 с.
Untitled-2

Laboratoriyaning istiqbol yo‘nalishlari

Kamayib borayotgan turlarni saqlab qolish maqsadida ilmiy asoslangan tavsiya va xulosalarni amaliyotga joriylashtirib borish. Iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan qushlardan barqaror foydalanishni nazarda tutgan holda ular holatini manta’zam o‘rganib borish. Tabiiy landshaftlardan inson yashash sharoitini yaxshilash va boshqa ehtiyojlarini qondirish maqsadida barpo etilishi mo‘ljallangan har qanday obe’ktlarni, mintaqa ornitofaunasiga ta’sirini prognozlash. Inson xo‘jalik faoliyati va yashash muhitiga zarar keltiruvchi ko‘p sonli turlar sonini boshqarish maqsadida ularning ekologiyasi, biologiyasi, etologiyasi hamda boshqa turlar bilan munosabatini o‘rganish.