O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 80 yilligiga bag‘ishlangan “Состояние популяций снежного барса в Республике Узбекистан, существующие и необходимые меры по его сохранению” nomli monografiya nashr etildi (Грицына М. А., Быкова Е. А., Пальцын М. Ю., Тен А.Г., Аромов Б., Абдураупов Т.В., Солдатов В.А., Есипов А.В., Головцов Д.Е., Аромов Т., Кузьмина Л.А. Состояние популяций снежного барса в Республике Узбекистан, существующие и необходимые меры по его сохранению. – Ташкент: Baktria press, 2023. – 140 с.). Qor qoploni (Panthera uncia) Oʻzbekiston Respublikasining togʻli hududlarida yashaydigan noyob turlardan biri va ushbu hududda tarqalgan mushuklarning yagona yirik vakilidir. Ushbu nashrda O‘zbekiston Respublikasida qor qoplonlari populyatsiyasining hozirgi holati to‘g‘risidagi barcha mavjud ma’lumotlar jamlangan. Shuningdek, qor qoplonining asosiy oziq-ovqat ob’yektlari (tog‘ tuyoqlilari va sug‘urlar) tarqalishi, soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltirilgan. Nashr BMTTD/GEF/Davlat Ekologiya qoʻmitasi “Global ahamiyatga ega bioxilma-xillik uchun muhim boʻlgan asosiy togʻli hududlarda tabiiy resurslar va oʻrmon xoʻjaligidan barqaror foydalanish” nomli loyihasi va OʻzR FA Zoologiya instituti tomonidan qoʻllab-quvvatlandi.

Screenshot_1 Screenshot_2 Screenshot_5