Laboratoriya yo‘nalishi
O‘zR FA Zoologiya instituti Antiparazitar preparatlar laboratoriyasining ilmiy yo‘nalishi O‘zbekiston Respublikasi xalq xo‘jaligi muammolarini bevosita xal etish bilan bog‘liq. Laboratoriyada Respublikamizda foydali xasharotlar, bakteriya, viruslar, tanlab ta’sir etuvchi kimyoviy preparatlar, o‘simliklarni zararkunandalardan ximoya qilishning uyg‘unlashgan kurash tizimida zararkunandalardan to‘liq ximoya qilish bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi. Kelajakda o‘simliklarni zararkunandalardan himoya qilishda mikroorganizmlar asosida (virus va zamburug‘lar) istiqbolli biologik preparatlar ishlab chiqish va tadbiq etishga asoslangan bo‘lishi kerak.
Laboratoriyaning asosiy vazifalari zararkunandalarga qarshi yangi istiqbolli insektoakaritsid va peritroid preparatlarni biologik samaradorligini o‘rganishga asoslangan. Ekologik jixatdan bezarar uslub va vositalarini madaniy o‘simliklar zararkunandalari va aholi uy joylari, madaniy tarixiy obidalar va davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan inshootlarni biozararlovchi xasharotlar tomonidan zararlanish xajmi aniqlanib, ushbu ob’ektlarda ularga qarshi kurashish ishlari olib boriladi.
Laboratoriyaning asosiy yo‘nalishlariga o‘simliklarni zararkunandalardan ximoya qilish, termit va boshqa ksilofag xasharotlarni davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan inshootlarga keltiradigan ijtimoiy – iqtisodiy zararini aniqlash kiradi.
O‘zR FA Zoologiya instituti tomonidan ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy tavsiyanomalar qishloq xo‘jaligida o‘simliklarni zararkunandalardan himoya qilishda ishlatiladi. Qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligini oshishi chorvachilik mahsuldorligida o‘z aksini topadi.
Laboratoriyada, an’anaviy tarzda, ilmiy tadqiqotlarning fundamental, amaliy va innovatsion yo‘nalishlari yo‘lga qo‘yilgan:
- O‘zbekiston asosiy ekinlari zararkunandalarining zamonaviy holati va ularning sonini boshqarish usullarini ishlab chiqish
- Qishloq xo‘jalik ekinlarini zararkunandalardan himoya qilishning uyg‘unlashtirilgan usullarini ishlab chiqish
- O‘zbekistonda Anacanthotermes avlodi termitlariga qarshi yangi“Antitermit” yem-xo‘ragi va ularga qarshi kurash usullarini ishlab chiqish
Dunyo miqyosidagi laboratoriya yutuqlari
Antiparazitar preparatlar laboratoriyasi xodimlari Rossiya olimlari bilan xamkorlikda qishloq xo‘jalik ekinlari zararkunandalariga qarshi biologik usul bilan kurashda qo‘llash ehtimoli bo‘lgan mikroorganizmlar asosida yaratilgan ekologik jixatdan bezarar hisoblangan biopreparatlarni amaliyotga joriy qilingan va zararkunandalarga qarshi yuqori samaradorlikka erishilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.02.2012 y. 27- sonli qarori Termitlarga qarshi kurashni kuchaytirish va ularning zararini bartaraf etish to‘g‘risidagi qaroriga binoan O‘zR FA Zoologiya instituti huzurida “Respublika termitlarga qarshi kurashish markazi” DUK tashkil etildi.
Zararkunanda xasharotlarga qarshi yuqori samarali zaharli va patogen yem- xo‘raklar atrof muhit va inson salomatligiga zarar yetkazmaydi
Dunyoda ilk bor, Anacanthotermes avlodi termitlariga qarshi zaharli yem-xo‘rak preparatlarini tayyorlash va ularni qo‘llash texnologiyasi yaratilgan, ulardan tarixiy yodgorliklar, uy joy va strategik ob’ektlar termitlardan himoya qilishda foydalaniladi.
Xar yili Markaz tomonidan 6. mingdan ortiq zaharli yem-xo‘raklar ishlab chiqariladi va Respublika viloyatlarida hududiy seminarlar tashkil etiladi. Institut xodimlari xar yili Inovatsion g‘oyalar texnologiyalar va loyihalar yarmarkalarda faol ishtirok etadi. Intelektual mulk agentligi tomonidan 3 ta patent va sertifikat olingan.
Muntazam ravishda qishloq xo‘jalik ekinlari zararkunandalariga qarshi yangi istiqbolli biologik va kimyoviy preparatlarni sinovdan o‘tkazish ishlari olib boriladi.
Laboratoriya xodimlari bir kator chet el mamlakatlari bilan faol xamkorlik qiladi:
- Montana, Devis, (SShA)
- Ben-Gurion (Isroil) universitetlari
- Yevropa bionazorat laboratoriyalari
- ARS, SRRC, USDA, CRDF (SShA)
- CABI Bioscience; Shveysariya ilmiy Markazi
- Moskva Davlat Universiteti (Rossiya, MGU)
- Novosibirsk universiteti (Rossiya)
- Tojikiston, Turkmaniston, Qozog‘iston va boshqalar.
Respublika va xorijiy grantlar raqami va nomi (2007-2017 yillar)
Respublika grantlari (2012-2017 yillar)
1. A-11-124 “Tut parvonasiga karshi uyg‘unlashgan kurash tizimida entomafag va entomapatogen bakuloviruslarini ko‘paytirish va qo‘llash usullarini ishlab chiqish”(2006-2008 y.y).
2. A-11-058“O‘zbekistonda turar joylar, tarixiy yodgorliklar va boshqa inshoatlarga jiddiy xavf tug‘diruvchi termitlarga qarshi samarali kurash tizimini ishlab chiqish” (2006-2008 y.y.).
3. A-11-029 “G‘o‘zani himoya qilishning resurs tejovchi texnologiyasidan foydalanishga asoslangan ekologik toza uslublarni ishlab chiqish” (2006-2008 y.y.).
4. FA-FZ-T162 “Termitlarning populyatsiyalari sonini boshqarishning nazariy asoslarini ishlab chiqish”(2007-2011 y.y.).
5. FA-A10-T037 “Madaniy va iqlimlashtirilgan o‘simliklarda zararkunanda va kanalarning sonini boshqaruvchi istiqbolli ekologik zararsiz vositalar va usullarni yaratish” (2009-2011 y.y.).
6. IKB-10-07 “Termitlarga qarshi kurashda zaharli yem-xo‘raklarni yaratish texnologiyasi”(2009-2010 y.y.).
7. I5-FA-0-39854 “Termitlargaqarshi yog‘och materiallarining barqarorligini oshirish texnologiyasi” (2012-2013 y.y.).
8. A9-FA-0-18533 “O‘zbekiston asosiy ekinlari zararkunandalarining zamonaviy holati va ularning sonini boshqarish usullarini ishlab chiqish”(2012-2014 y.y.).
9. I5-FA-0-96815“Takomillashtirilgan zaharli yem-xo‘raklarni yaratish va ularni termitlarga qarshi joriy qilish”(2014-2015 y.y.).
10. F5-FA-0-14830 “Ksilofag-hasharotlar kompleksi populyatsion ekologiyasi, funksiyasi va ularning moslanganlik mexanizmlarini tadqiq etish”(2012-2016 y.y.).
11. P3-2014-0903122751“O‘zbekiston g‘o‘za-beda agrobiotsenozlarida qandalalar (Hemiptera:Miridae) populyatsiyasiholatinibaholashva ular populyatsiya soniniboshqarishusullariniishlabchiqish”(2015-2017 y.y.).
12. VA-FA-F5-011 “O‘zbekiston to‘g‘riqanotsimon (Insecta:Orthopteroidea) hasharotlari”(2017-2020 y.y.).
Xorijiy grantlar
1. R-122 (UNTS)“MarkaziyOsiyomadaniymeroslariga asosiy taxlika soluvchiTurkiston termitiga qarshi kurash strategiyasini ishlabchiqish”, AQSh (01.10.2003-31.09.2006 y.y.).
2. R-224 (UNTS) “O‘zbekiston va Qozog‘istonda bezgak qaytarilishini oldini olish maqsadida uyg‘unlashtirilgan kurashda biologik himoya va epidemiologik nazoratni kuchaytirish” . AQSh ,(01.11.2005-31.10.2008 y.y.).
3. UZB2-31002-TA-08 (CRDF) “MarkaziyOsiyomadaniymeroslariga asosiy taxlika soluvchi Turkiston termitiga qarshi kurash strategiyasini ishlab chiqish” AQSh (01.04.2008- 31.03.2011 y.y).
Laboratoriya xodimlari

Axmedova Zuxra Yuldashevna.
Laboratoriya mudiri, b.f.n., katta ilmiy xodim.
G‘o‘za zararkunandalariga qarshi biologik kurash uslublari, O‘zbekiston zararli tangachaqanotlilari bakuloviruslari.
E-mail: z_akhmedova@mail.ru

Mansurxodjayeva Maxmuda Usmanovna
Katta ilmiy xodim, b.f.n.
Hasharotlar ekologiyasi va biologiyasi, jumladan iqlimlashtirilgan daraxt va butalar shiralari.
E-mail: maxmuda2016@mail.ru

Xashimova Muxabbat Xamidullayevna
Kichik ilmiy xodim
Hasharotlar biologiyasi va ekologiyasi, qishloq xo‘jaligi ekinlari zararkunandalariga va termitlarga qarshi biologik va kimyoviy kurash uslublari.
E-mail: m_khashimova@mail.ru

Ganiyeva Zumrad Abduxakimovna
Kichik ilmiy xodim
Biozararlanish, termitlar biologiyasi va ekologiyasi., va trofik aloqalari
E-mail: z_ganieva@mail.ru

Rustamov Kaxramon Jo‘rabayevich
Kichik ilmiy xodim
G‘o‘za, g‘alla zararkunandalariga va chigirtkaga qarshi biologik va kimyoviy kurash uslublari, biozararlanish, yog‘och materiallarini zararkunandalardan himoya qilish, Kolorado qo‘ng‘izining biologiyasi, ekologiyasi unga qarshi kurash usullari
E-mail: qahramon66-66@mail.ru

Xalillayev Sherzod Alimboyevich
Falsafa doktori, kichik ilmiy xodim
Respublikamizda g‘alla ekini zararkunandalari shu jumladan, zararli xasvava unga qarshi kurashning biologik asoslari
E-mail: sherzod85-85@mail.ru

Musayev Dilshod Muxamadjonovich
Kichik ilmiy xodim
G‘o‘zaga zarar keltiruvchikandalalarning biologiyasi, ekologiyasi ularga qarshi kurash usullari
E-mail: musaev@mail.ru

Nurjonov Fozilbek Allabergenovich
Kichik ilmiy xodim
Biozararlanish, termitlar biologiyasi va ekologiyasi., mikrobionazorat
E-mail: nfozilbek@gmail.com

Arslonova Sevara Karimjonovna
Laborant
Impakt faktorga ega jurnallarda chiqqan maqolalar ro‘yxati (2012-2017 yillar)
- Turaeva B.I., Zukhritdinova N.Y., Karimov X.X., Khamidova Kh.M., Ahmedova Z.Y. The antagonistic activity of fungus t. Harzianum uz cf – 55 against some phytopathogens. // European Journal of Biomedical and Pharmaceutical Sciences. EJBPS, 2016. -V. 3, issue 9. – Р. 70-72. (IF 3.881).
- Z.Yu. Akhmedova, M.kh. Khashimova // Bioecological characteristics and trophic relations bugs miridae family in Uzbekistan. European Journal of Biomedical and Pharmaceutical Sciences. EJBPS, 2016, Volume 3, issue 12, – P. 58-63. –IF -3.881
- Khashimova M.Kh, Akhmedova Z.YU, Some features bioecological Miridae bugs Tashkent region // International journal of Science and Research (IJSR). Issue 10, October. – 2016. Volume 5 – P. 264-267. (IF – 6.391).
- Хашимова М. Х., Ахмедова З. Ю., Рустамов К. Ж. Полевые испытания инсектицидного препарата против полевых клопов в Ташкентской области. // East European Science Journal. – Poland, 2016. № 13. –Р. 14-16. IF 0.572
- Kholmatov B. R., Khalillaev Sh.A., Musaev D.M. Form of membership of bugs Hemiptera, which belong to the family Miridae and their some biological properties in condition of Tashkent region // European science review, “East West” Association for Advanced Studies and Higher Education GmbH. – Vienna, 2016. 5-6 (4), – P. 112-117. (IF – 0.13).
- Daminova D.B. Ecological features miridаe bugs of cotton – Alfalfa biocoenosis of Uzbekistan. //Journal of Novel Applied Sciences JNAS. 2017, Volume 6, Issue 2, – P. 58-63. – IF – 0.455.
- Sh.A.Khalillayev/The features of biocontrol agents in the limiting number of populations of the Sunn Pest (Eurygaster integriceps Put.) in Tashkent region.// European Applied Sciences.- Stuttgart, -Germany, 2015. № 12. –P. 9-13. (IF – 0.15).
- Ахмедова З.Ю., Хашимова М.Х., Хамраев А.Ш., Рустамов К.Ж., Колосов А.В. Бакуловирусный препарат ВИРИН ХСК против хлопковой совки. // Журнал. Защита и карантин растений. № 1. 2015. -С. -51-52. IF – 13.
- А.В. Колосов, А.Ш. Хамраев, М.Х. Хашимова, З.Ю. Ахмедова, Ю.А. Кошелев, А.С. Залесов, Г.А. Рыжиков, В.Е. Репин.Эффективность биопестицида против хлопковой совки. //Журнал “АгроXXI”. «Агрорус», 2011. № 7-9. – С. 25-27. IF – 11.
- Khamraev A.Sh. Soil organisms and entomocomplexes in Khorezm and Karakalpakstan (Uzbekistan) // ZEF BONN (pdf 544 kb)http://www.horesm.uni-bonn, июнь, 2013 // Soil ecology, N 6. PP. 1-67. IF: 0,7.
- Ganieva Z.А., Mirzaeva G.S. Peculiarities of trophollaxis in the termite colony of the Anacanthotermes Turkеstanicus family // International Journal of Science and Research (IJSR). – October 2016. – V. 5, Issue 10. – Р. 248-252. . (IF – 6.391).
- Lebedeva N.I., Mirzaeva G.S., Rustamov K.Dj., Kholmatov B.R. Ganieva Z. A. Mansurxodjaeva M.U. Xylophage insects (Insecta: Coleoptera; Hymenoptera; Isoptera) – industrial wood vermin in Uzbekistan // Journal «European science review». – Vienna, Austria, 2016. – № 9-10. – С. 45-51. IF: 0.13
Monografiya, o‘quv qo‘llanma va darsliklar, tavsiyanomalar (2012-2017 yillar)
Дарсликлар – 7
- Xamrayev A.Sh., Xasanоv B.A., Sulaymonov B.A., Kojevnikova A.G. O’simliklarni biologik himoya qilish vositalari. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2012. – 508 bet.
- Xamrayev A.Sh., Hasanov B.A., Azimov J.A., Kuchkarova L.S., Izzatullayev Z.I., Shernazarov E.Sh., Jabborov A., Abdullaev I.I. Biozararlanish asoslari. Darslik. – T.: Fan va texnologiya, 2013. – 320 bet.
- Xamrayev A.Sh., Xasanov B.A., Sulaymonov B.A., Kojevnikova A.G., Xolmurodov E.A. O’simliklarni biologik himoya qilish. – Darslik / O’z.R. oily va o’rta maxsus ta’lim vazirligi. – Toshkent: Cho’lpon nomidagi NMIU, 2013. I tom 336 bet.
- Кимсанбоев Х.Х., Сулаймонов Б.А., Анорбаев А.Р., Жумаев Р.А., Ахмедова З.Ю., Сулаймонов О.А. Биоценозда ўсимлик зараркунандалари паразит энтомофагларининг ривожланиши. – Тошкент, 2016. – 282 б.
- Халиллаев Ш.А. Биология фанидан савол-жавоблар тўплами: қўлланма. – Тошкент: Академнашр, 2016. – 288 б.
- Ш.А.Халиллаев. Биология фанидан савол-жавоблар тўплами (Матн) / Тошкент: “Янги китоб” нашрёти, 2017. -464 б.
- Ш.А.Халиллаев. Биологиядан энг муҳим маълумотлар. Тошкент: “Янги китоб” нашрёти, 2017. -336 б.
Tavsiyanomalar – 7
- Хамраев А.Ш., Лебедева Н.И., Азимов Ж.А., Жугинисов Т.И., Холматов Б.Р., Рустамов Қ.Ж., Мирзаева Г.С., Ғаниева З.А. / Термитларга қарши кураш тизимига оид. – Методическая рекомендация. – Ташкент, 2015. – 44 б.
- Хамраев А.Ш., Лебедева Н.И., Азимов ЖА., Жугинисов Т.И., Холматов Б.Р., Рустамов К.Ж., Мирзаева Г.С., Ганиева З.А., Абдуллаев И.И. Рекомендации по системе борьбы против термитов // Ташкент, 2016. – 44 с.
- Хамраев А.Ш., Лебедева Н.И., Рустамов К.Ж., Жугинисов Т.И., Мирзаева Г.С. Инструкция в борьбе против термитов // Ташкент, 2016. – 12 с.
- Хамраев А.Ш., Лебедева Н.И., Рустамов К.Ж., Жугинисов Т.И., Мирзаева Г.С. //Термитларга қарши кураш тизимига доир йўриқномалар Ташкент, 2016. – 12 б.
- Б.Р.Холматов, З.Ю.Ахмедова, М.Х.Хашимова, Д.Б.Даминова, Ш.А.Халиллаев, Д.М. Мусаев //Ғўза агробиоценозида зарарли қандалаларнинг сонини бошқаришга доир тавсияномаси. – Тошкент, 2017. -60 б.
- Р.О Очилов, К.Бобобеков, А.У. Сагдуллаев, Ш.Т. Хўжаев, Н.Р. Саттаров, Б.Р.Холматов, Д.М.Мусаев. //Сурхондарё вилояти шароитида ўсимликхўр қандалаларга қарши кураш чоралари. –Тошкент, 2016. – 18 б.
- X Инновацион ғоялар, технологиялар ва лойиҳалар ярмаркасининг каталоги. Янги ХСЗ вирусли препаратини ишлаб чиқариш ва ғўза тунламига қарши қўлаш. – Тошкент, 2017. – С. 159.
Patent, mualliflik guvohnomalari
- Хамраев А.Ш., Хохлачева В.Е., Лебедева Н.И., Жугинисов Т.И., Нуржанов А.А., Райна A.K. Устройство для истребления термитов рода Anacanthotermes., Патент на полезную модель UZ № FAP 00954 от 14.06.2013.
- Хамраев А.Ш., Лебедева Н.И., Жугинисов Т.И., Рустамов К.Ж., Хохлачева В.Е., Кучкарова Л.С. Цилиндрик контейнер., Патент на полезную модель UZ № SAP 2013 0098 от 14.06.2014 г.
Laboratoriyaning istiqbol yo‘nalishlari
Kelajakda laboratoriyada O‘zbekiston agrobiotsenozidagi zararli xasharotlar komplekslarining iqtisodiy muhim turlari biologik xususiyatlarini o‘rganish yuzasidan tadqiqotlar olib boriladi. Qishloq xo‘jalik ekinlarini zararkunandalardan himoya qilishning uyg‘unlashtirilgan usullarini ishlab chiqadi.
Respublika entomofaunasida uchraydigan zararli va foydali hasharotlar sonini boshqarish uchun qo‘llaniladigan turli mikroorganizmlardan , shuningdek o‘simlik asosidagi biologik faol moddalarni qo‘llashning nazariy asoslarini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.
Laboratoriyada ishlab chiqilgan masalalar O‘zbekiston respublikasi halq xo‘jaligi sohasidagi mummolarni yechishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘mak beradi. Shuningdek, ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar esa, qishloq xo‘jaligida o‘simliklarni himoya qilish sohasida hosildorlikni, hamda inshootlarini zararkunandalardan himoya qilishda o‘z ifodasini topadi.